Motivatsiya va struktura kerak bo'lgan o'rganuvchilar uchun
Ingliz tilini o'rganishni boshlagan, ammo motivatsiya yoki intizom bilan muammoga duch kelganlar uchun bu kurs aniq tuzilgan yo'nalish va doimiy qo'llab-quvvatlash orqali sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi. Intizom va motivatsiya yo'qligi sabablari sizda aniq struktura va yo'riqnoma yo'qligidan kelib chiqadi. Bu kursni shunday tasavvur qiling: men sizning ko'zingizni bog'lab, qo'lingizdan yetaklab har bir qadamdan o'zim o'tkazaman. Siz hech qanday struktura haqida o'ylanmaysiz, faqat men aytgan yo'ldan yursangiz, maqsadingizga birgalikda erishamiz.